2015 yil 25 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 70/1-sonli "Dunyomizni o'zgartirish. 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi" rezolyutsiyasini qabul qildi va u 2016 yil 1 yanvardan kuchga kirdi.Ushbu hujjat kompleks xarakterga ega 17 maqsad va 169 vazifani o'z ichiga olgan bo'lib, barqaror rivojlanishning har uchta komponenti - iqtisodiy o'sish, ijtimoiy integratsiya va ekologik barqarorlik muvozanatini ta'minlaydi.

 

Barqaror rivojlanish maqsadlari - kambag'al, boy va o'rtacha rivojlangan barcha mamlakatlar tomonidan harakatga chorlovchi o'ziga xos da'vatdir. Ular bizning sayyoramizning farovonligi va himoyasini yaxshilashga qaratilgan. Dunyo mamlakatlari qashshoqlikni bartaraf etish choralari iqtisodiy o'sishni kuchaytirish va ta'lim, sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya va bandlikni ta'minlash, shuningdek, iqlim o'zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi bir qator muammolarni hal etish bo'yicha sa'y-harakatlar bilan birgalikda qabul qilinishi zarurligini tan oladilar.