2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi imzolangan kundan e'tiboran o'tgan uch yil mobaynida O'zbekiston o'z maqsad va vazifalarini milliy rivojlanish rejalariga integratsiya qilish, shuningdek, ularni hayotga tatbiq etish uchun dasturiy va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni qabul qildi.
BRM ga erishishda global taraqqiyotni kuzatish va qabul qilingan majburiyatlarni bajarishda muvaffaqiyatlarimizni baholash uchun tavsiya etilgan to'plam mavjud bo'lgan eng so'nggi ma'lumotlardan foydalanadi. Yutuqlar monitoringi 2030-yilgacha bo'lgan davrda kun tartibida ko'zda tutilgan o'zgarishlarni hayotga tatbiq etish uchun zarur bo'lgan yanada jadal taraqqiyotga erishish uchun qanday yo'nalishlarga e'tibor qaratish kerakligini tushunish imkonini beradi.
Mazkur to'plamda bugungi kunda mavjud bo'lgan O'zbekistonda BRM yutuqlarini statistik monitoring qilish uchun foydalaniladigan alohida Milliy ko'rsatkichlar keltirilgan. Nashr ijtimoiy siyosat, demografiya, iqtisodchilar, statistikalar, ommaviy axborot vositalari va boshqa ko'plab foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan.