Barqaror rivojlanish maqsadlari – bu odamlar, sayyora va umumiy farovonlik uchun harakat rejasi bo‘lib, u dunyo tinchligini mustahkamlash, qashshoqlikni barcha shakl va ko‘rinishlariga barham berishga qaratilgan. Shu bilan birga, qashshoqlikka barham berish muhim vazifa bo‘lib, barqaror rivojlanishga erishish uchun zarur shartlardan biridir.

BRM ni o‘z vaqtida amalga oshirish, fuqarolar bilan davlat tuzilmalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan boshqa tashkilotlar o‘rtasida aloqalarini ta’minlash, BRM ga erishishda parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni o‘rnatish, shuningdek, har bir insonning manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirish uchun 2030- yilgacha milliy BRMning bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi tuzildi.

Yuklash (8.14 MB)