Mamlaktimizda davom etayotgan Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi doirasida 2021-yil 14-iyun kuni Barqaror infratuzilma yaratish, keng qamrovli va barqaror industrializatsiya va innovatsiyalarga ko‘maklashish maqsadlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, BMT tuzilmalari, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari, tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Davra suhbatini olib borgan Oliy Majlisi Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi E.Gadoyev, Barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlarning yaqin o‘n yillikda mamlakatni rivojlantirishning asosiga aylanishi mumkinligi talablari keng qamrovli va barqaror infratuzilma, industrializatsiya, innovatsiyaning o‘rni va ahamiyatining yanada ortishiga olib kelishini alohida qayd etib o‘tdilar.

Ushbu talablardan tashqari mazkur yo‘nalishlarning ustuvor maqsadlar etib belgilanishining omillaridan bir, tadbirkorlik sub'yektlari va aholi iqtisodiy holatining yaxshilanishida avtomobil yo‘llari yoki temir yo‘l tarmoqlari zichligi bo‘yicha O‘zbekiston yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib transport xizmatlari hajmi o‘sib borayotganiga qaramasdan, sohadagi hududiy va transchegaraviy infratuzilmani rivojlantirishga to‘sqinlik qiladigan qator muammolar, sohaning iqtisodiyotdagi ulushini pasaytirayotgani ham ta’kidlandi.

Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha birgina industrializatsiya sohasida sanoat tarmoqlarining diversifikatsiya va modernizatsiya qilinishi samarali tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlashga yordam beradi.

Barqaror rivojlanish maqsadlarning ta’minlanishida ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlar ya’ni innovatsiya jarayonining o‘rni samarali hisobdorlik va milliy siyosatni ishlab chiqish harakatlarini muntazam muvofiqlashtirish ham muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek tadbirda O‘zbekistonda keng qamrovli va barqaror infratuzilma, industrializatsiya, innovatsiyaning o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda tegishli dasturlar va strategiyalarni amalga oshirish uchun resurslarni safarbar etish holati va istiqbollari, ulardan foydalanishda manzillilik va samaradorligini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlari sifatini oshirish va boshqa mavzular batafsil muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.