COVID-19 virusi bilan kasallanish holatlarining 90 foizdan ko‘prog‘i shahar aholisiga to‘g‘ri keladi. Pandemiya dunyoning eng himoyasiz aholisiga, jumladan, aholi zich joylashgan norasmiy aholi punktlari va xarobalarda yashovchi milliardlab odamlarga eng og‘ir ta’sir ko‘rsatmoqda. Hatto yangi koronavirus tarqalishidan ham oldin, dunyoning turli shaharlarida yashovchi 4 milliard aholi tez urbanizatsiya natijasida havoning ifloslanishi, infratuzilma va xizmatlarning yomonligi hamda shaharlarning tabiiy o‘sishi oqibatida kelib chiqqan muammolarga duch kelgan.
2019-yilda 610ta shaharlardan to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, 95ta mamlakat va hududlar shahar aholisining qariyb yarmi jamoat transportidan qulay foydalanish imkoniyatiga ega edi. 2020-yil davomida mamlakat va hududlarda COVID-19ga qarshi kurash uchun joriy etilgan chora-tadbirlar natijasida butun dunyo shaharlaridagi jamoat transportidan foydalanishda qiyinchiliklar uyg‘ondi, hatto qisman yopilishi va sig‘imining pasayishidan, to transport tarmoqlarining to‘liq yopilishigacha.
2020-yilda tanlanma kuzatuv asosida 911ta shaharlardan to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, 114 mamlakat va hududlarda dunyoda bo‘yicha o‘rta hisobda shahar maydonlarining atigi 16 foizi ko‘chalar va ochiq jamoat joylari uchun ajratilgan bo‘lib, bu BMTning aholi punktlari dasturida (BMT-Xabitat) belgilangan ko‘rsatkichdan ancha past (shahar maydonlarining 30 foizi ko‘chalar va 10-15 foizi ochiq jamoat joylariga ajratilgan bo‘lishi lozim).
Hozirda, shaharlarning xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash xavfsiz va arzon uy-joylardan foydalanishni va uy-joy sharoitlarini yaxshilashni anglatadi. Shuningdek, jamoat transportiga sarmoyalar kiritish, yashil jamoat joylarini yaratish va jamoat ishtirokida shaharsozlik va boshqaruvni takomillashtirishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2001-2021-yillarda shahar aholisining ulushi 37,2 foizdan 50,7 foizga ko‘tarildi. Mamlakatda 100 mingdan ortiq aholisi bo‘lgan 35ta shahar va 500 mingdan ortiq aholisi bo‘lgan uchta shahar bor. Bular Toshkent (2 694,4 ming), Namangan (644,8 ming) va Samarqand (551,7 ming).
2011-2020-yillarda shaharlar aholisi jon boshiga madaniyat va istirohat bog‘lari maydoni 1,22 m2 dan 1 m2 ga kamaygan.
Kelgusida O‘zbekistonda barqarorlik va xavfsizlik masalalarini hal qilish aholining, shu jumladan kambag‘allarning sifatli infratuzilishga ega sifatli uy-joylardan foydalanishini ta’minlash, shuningdek shahar va qishloqlarning ekologik barqarorligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘ladi.
Maqsadning dolzarbligi, O‘zbekiston iqtisodiyotni sanoatlashtirish jarayonini davom ettirishga intilayotganligi bilan bog‘liq. Boshqa mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, industrializatsiya odatda urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi, shaharlarning infratuzilmasiga, ayniqsa yirik iqtisodiy markazlarga yukning ko‘payishi va turli xil ijtimoiy muammolarning kuchayishi bilan birga keladi.
Urbanizatsiya jarayonida yuzaga keladigan muammolarning ta’sirini minimallashtirish (ideal holda, butunlay yo‘q qilish) uchun O‘zbekiston muvozanatli rivojlanishni, shu jumladan viloyat markazlari va kichik shaharlarning rivojlanishini rag‘batlantirish, ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish va modernizatsiya qilishni ta’minlash orqali kompleks dasturlarni amalga oshirmoqda. Uzoq muddatli istiqbolda aholi punktlarini boshqarish mexanizmlarini yanada takomillashtirish va mamlakatning muvozanatli fazoviy rivojlanishini ta’minlash vazifasi turibdi.

Milliy vazifalar
11.1-vazifa. 2030- yilgacha barcha uchun turar joy va uy-joy kommunal xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
11.2-vazifa. 2030- yilgacha yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, xususan, jamoat transportidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish asosida barchaga xavfsiz, arzon, qulay va ekologik barqaror transport vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, bunda aholining ijtimoiy zaif qatlamlari ehtiyojlariga alohida e’tibor qaratish.
11.3-vazifa. 2030- yilgacha barchaga ochiq bo‘lgan va ekologik barqaror urbanizatsiya ko‘lamini hamda aholi yashash punktlarini kompleks va barqaror rejalashtirish hamda ularni boshqarish imkoniyatlarini kengaytirish.
11.4-vazifa. Madaniy va tabiiy meros obyektlarini muhofaza qilish hamda saqlash bo‘yicha xatti harakatlarni jonlantirish.
11.5-vazifa. 2030- yilgacha falokatlarda halok bo‘lganlar va jabrlanganlar, ayniqsa xotin-qizlar va bolalar sonini jiddiy ravishda qisqartirish hamda falokatlar natijasida kelib chiqadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy zararni sezilarli tarzda qisqartirish, bunda aholining ijtimoiy zaif qatlamlari himoyasiga alohida e’tibor qaratish.
11.6-vazifa. 2030- yilgacha shaharlar ekologiyasining aholiga salbiy ta’sirini kamaytirish, bunda havoning sifatiga hamda shahar chiqindilari va boshqa chiqindilarning chiqarib tashlanishiga alohida e’tibor qaratish.
11.7-vazifa. 2030- yilgacha shaharlar va aholi yashash punktlarida yashil hududlar, istirohat bog‘lari, bolalar uchun o‘yin maydonchalari maydonini kengaytirish, bunda nogironlarning dam olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish.
Milliy ko'rsatkichlar
2000 | 2001 | 2002 | 2003 | 2004 | 2005 | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 | 2010 | 2011 | 2012 | 2013 | 2014 | 2015 | 2016 | 2017 | 2018 | 2019 | 2020 | 2021 | ||
1 | Indikator 11.1.1.1. Aholini uy-joy bilan ta’minlanganligi (bir kishiga kv.m.): | 13,8 | 14,0 | 14,3 | 14,3 | 14,4 | 14,5 | 14,6 | 14,6 | 14,8 | 14,9 | 15,0 | 15,0 | 15,0 | 15,1 | 15,2 | 15,2 | 15,4 | 15,7 | 15,8 | 16,0 | 16,0 | 18,2 |
а) shahar joylarda; | 14,6 | 14,9 | 15,0 | 14,9 | 15,1 | 15,1 | 15,3 | 15,3 | 14,8 | 15,1 | 15,4 | 15,4 | 15,4 | 15,3 | 15,4 | 15,4 | 15,4 | 15,8 | 16,0 | 16,1 | 16,1 | 18,0 | |
b) qishloq joylarda. | 13,3 | 13,5 | 13,8 | 13,9 | 14,1 | 14,2 | 14,2 | 14,3 | 14,9 | 14,6 | 14,5 | 14,5 | 14,5 | 14,9 | 14,9 | 15,0 | 15,4 | 15,5 | 15,7 | 15,9 | 16,0 | 18,5 | |
2 | Indikator 11.2.1. Jamoat transportidan qulay foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan aholi ulushi, jinsi, yoshi va nogironligi belgilari bo‘yicha: 15) | ||||||||||||||||||||||
a) jami; | 65,3 | 68,7 | 69,5 | 70,6 | 73,8 | 73,4 | 77,3 | 76,6 | 77,6 | 77,6 | 78,3 | 79,8 | 83,4 | 84,8 | 82,5 | 82,9 | 83,9 | 84,9 | 84,0 | 87,1 | 86,4 | - | |
b) erkaklar; | 65,1 | 68,4 | 69,1 | 70,4 | 73,3 | 72,8 | 77,0 | 76,2 | 77,4 | 77,6 | 77,9 | 79,5 | 83,6 | 84,5 | 82,4 | 82,8 | 83,7 | 84,8 | 83,2 | 86,8 | 86,0 | - | |
c) ayollar. | 65,5 | 69,0 | 70,0 | 70,9 | 74,4 | 74,0 | 77,7 | 77,1 | 77,7 | 77,7 | 78,7 | 80,1 | 83,3 | 85,1 | 82,6 | 83,1 | 84,2 | 85,0 | 84,9 | 87,3 | 86,9 | - | |
3 | Indikator 11.3.1. Qurilish va aholining o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat. | 1,014 | 0,876 | 1,056 | 0,881 | 0,906 | 0,968 | 1,063 | 1,057 | 1,024 | 1,035 | 1,122 | 1,011 | 1,110 | 1,020 | 1,045 | 1,037 | 0,920 | 0,999 | 1,149 | 1,135 | 0,872 | 1,070 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 0,992 | 0,980 | 0,944 | 1,048 | 1,010 | 0,762 | 1,030 | 1,135 | 1,160 | 1,123 | 1,057 | 1,342 | 1,276 | 0,939 | 1,007 | 0,972 | 0,766 | 1,166 | 1,220 | 1,425 | 0,701 | 1,048 | |
viloyatlar: | |||||||||||||||||||||||
Andijon | 0,925 | 0,869 | 0,996 | 1,003 | 1,035 | 0,948 | 1,018 | 1,049 | 1,024 | 1,105 | 1,137 | 0,994 | 0,898 | 1,190 | 1,035 | 0,953 | 1,062 | 0,961 | 1,315 | 1,059 | 1,171 | 0,861 | |
Buxoro | 0,994 | 0,989 | 0,990 | 0,995 | 0,992 | 1,007 | 1,007 | 1,052 | 1,005 | 1,001 | 1,156 | 0,942 | 1,074 | 0,998 | 1,047 | 1,066 | 0,967 | 1,036 | 1,525 | 1,001 | 1,031 | 1,016 | |
Jizzax | 1,012 | 1,026 | 1,002 | 0,995 | 1,000 | 0,924 | 1,009 | 1,053 | 1,063 | 0,999 | 1,161 | 0,959 | 1,059 | 1,041 | 1,039 | 0,920 | 1,224 | 0,817 | 1,129 | 0,970 | 0,815 | 0,959 | |
Qashqadaryo | 0,968 | 0,988 | 1,011 | 0,986 | 0,979 | 0,989 | 0,987 | 1,017 | 0,964 | 0,970 | 1,048 | 0,993 | 0,983 | 1,005 | 1,013 | 1,082 | 1,059 | 1,039 | 0,977 | 0,877 | 0,972 | 1,012 | |
Navoiy | 1,094 | 0,991 | 1,105 | 0,985 | 1,029 | 1,050 | 0,977 | 0,978 | 1,000 | 1,190 | 1,090 | 1,414 | 0,910 | 1,054 | 1,117 | 1,076 | 0,990 | 1,040 | 1,068 | 1,261 | 0,725 | 1,245 | |
Namangan | 1,021 | 1,004 | 1,040 | 0,978 | 0,852 | 1,243 | 0,980 | 1,111 | 1,000 | 1,043 | 1,084 | 0,986 | 1,134 | 0,899 | 1,092 | 0,998 | 1,075 | 0,916 | 1,087 | 1,372 | 0,952 | 1,063 | |
Samarqand | 1,010 | 0,983 | 0,970 | 0,979 | 0,809 | 0,878 | 1,330 | 1,024 | 1,004 | 0,994 | 1,066 | 0,964 | 1,037 | 1,091 | 1,036 | 1,059 | 0,683 | 1,007 | 1,092 | 0,915 | 0,777 | 1,076 | |
Surxondaryo | 1,084 | 0,753 | 0,969 | 0,817 | 0,855 | 0,903 | 1,031 | 1,085 | 1,012 | 1,020 | 1,273 | 0,985 | 1,086 | 1,047 | 0,968 | 1,098 | 0,984 | 0,860 | 1,094 | 0,926 | 1,100 | 1,067 | |
Sirdaryo | 1,048 | 0,982 | 1,042 | 0,992 | 0,969 | 0,806 | 1,234 | 1,049 | 1,054 | 1,062 | 1,237 | 0,887 | 1,096 | 0,968 | 0,745 | 0,836 | 0,829 | 0,887 | 0,858 | 1,698 | 1,712 | 0,315 | |
Toshkent | 1,030 | 0,931 | 1,022 | 1,040 | 0,951 | 1,021 | 0,986 | 1,020 | 1,070 | 1,011 | 1,098 | 0,997 | 1,557 | 1,093 | 1,235 | 0,898 | 0,981 | 1,023 | 1,108 | 1,381 | 0,802 | 1,198 | |
Fаrg‘onа | 1,058 | 0,684 | 1,302 | 0,595 | 0,715 | 1,007 | 1,024 | 1,088 | 1,005 | 1,054 | 1,213 | 0,961 | 0,997 | 1,052 | 1,029 | 1,048 | 0,735 | 1,020 | 1,426 | 0,972 | 0,810 | 1,219 | |
Xorazm | 1,082 | 0,913 | 1,088 | 0,610 | 1,002 | 0,955 | 1,249 | 1,061 | 1,051 | 1,006 | 1,085 | 0,990 | 1,178 | 0,935 | 1,047 | 1,206 | 0,961 | 0,984 | 0,852 | 0,918 | 0,985 | 1,448 | |
Toshkent sh. | 0,817 | 0,622 | 1,270 | 0,931 | 0,795 | 0,972 | 1,056 | 1,094 | 1,107 | 1,110 | 1,039 | 1,024 | 1,647 | 0,963 | 1,119 | 1,213 | 0,710 | 1,314 | 1,266 | 1,622 | 0,414 | 1,407 | |
4 | Indikator 11.5.1. Bevosita ofatlar natijasida halok bo‘lganlar, bedarak yo‘qolganlar va jabrlanganlarning soni, 100 000 aholiga nisbatan. | 0,04 | 0,04 | 0,02 | 0,11 | 0,03 | 0,06 | 0,03 | 0,01 | 0,04 | 0,05 | 0,05 | 0,23 | 0,04 | 0,02 | 0,00 | 0,06 | 0,06 | 0,03 | 0,03 | 0,01 | 0,11 | 0,048 |
5 | Indikator 11.5.2.1. Ofatlar natijasida bevosita iqtisodiy yo‘qotishlar, YAIMga nisbatan foizda. | 0,460 | 0,310 | 0,034 | 0,019 | 0,004 | 0,004 | 0,003 | 0,009 | 0,004 | 0,004 | 0,002 | 0,008 | 0,006 | 0,037 | 0,000 | 0,000 | 0,003 | 0,000 | 0,002 | 0,000 | 0,024 | 0,000 |
6 | Indikator 11.6.1. Qattiq maishiy chiqindilarning umumiy hajmidagi nazorat qilinadigan ob’ektlarda yig‘iladigan va utilizatsiya qilinadigan qattiq kommunal-maishiy chiqindilarning ulushi, shaharlar kesimida. | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | 100,0 | 100,0 | 100,0 | 100,0 | 100,0 |
7 | Indikator 11.7.1.1. Shaharlar aholisi jon boshiga madaniyat va istirohat bog‘lari maydoni. | - | - | - | - | 1,10 | 1,03 | 0,99 | 0,99 | 0,59 | 0,75 | 1,22 | 1,22 | 1,27 | 1,15 | 1,18 | 1,17 | 1,14 | 1,10 | 1,06 | 1,03 | 1,00 | 0,71 |