Mojarolar, ishonchsizlik, institutlarning zaifligi va adolatga nisbatan cheklangan imkoniyatlar barqaror rivojlanishga tahdid solishda davom etmoqda. 2019-yilda urush, quvg‘in va to‘qnashuvlardan qochganlar soni 79,5 milliondan oshdi, bu statistik ma’lumotlarning tizimli yig‘ilishi boshlanganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan. Har to‘rtinchi bola tug‘ilganligi to‘g‘risida qayd etilmaganligi sababli hali ham shaxsiy guvohnomaga ega emas, bu ularning huquqlarini boshqa sohalarda amalga oshirish imkoniyatlarini cheklaydi.
Noaniq, noqulay va samarasiz qoidalar va tartiblar korrupsionerlarga pora olish yoki norasmiy to‘lovlarni undirish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, 2020-yilda Transparency Internationalning korrupsiyani qabul qilish indeksi (indeks mamlakat va hududlarni 0 (korruptsiyaning eng yuqori darajasi)dan 100 (korruptsiyaning eng past darajasi)gacha bo'lgan shkala bo'yicha tasniflaydi) bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingida 180ta davlatdan birinchi o‘rinlarni Yangi Zelandiya va Daniya 88 indeksi bilan hamda Janubiy Sudan va Somali 179 o‘rinlarni 12 indeksi bilan egallaganlar.
Bolalar turli xil zo‘ravonliklarning qurbonlariga aylanadilar: jismoniy jazo va psixologik tajovuz, odam savdosi va jinsiy zo‘ravonlik. Zo‘ravonlik bilan tarbiyalash usullari zararli va ko‘pincha davom etadigan ta’siriga qaramay, keng tarqalgan. 2012-2019-yillar uchun ma’lumotlar mavjud bo‘lgan 69ta mamlakatda (asosan past va o‘rta daromadli mamlakatlar) 1-14 yoshli 10ta boladan deyarli 8tasi oxirgi bir oy ichida uyda psixologik zo‘ravonlik va / yoki jismoniy jazoni boshidan kechirgan.
Bolalar savdosi – bu yana bir global muammo bo‘lib, u asosan jinsiy ekspluatatsiya va majburiy mehnat bilan bog‘liq. 2016-yilda dunyo bo‘ylab odam savdosi qurbonlarining deyarli uchdan bir qismi bolalar (23 foizi qizlar va 7 foizi o‘g‘il bolalar) bo‘lgan.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, mamlakatimiz rahbariyati inson huquqlari va manfaatlarining oliy qadriyatlari bo‘lgan huquqiy davlatga asoslangan demokratik davlat barpo etish yo‘lini e’lon qildi. Davlat boshqaruvi sohasidagi islohotlar, davlat hokimiyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, sud mustaqilligini mustahkamlash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurash masalasi O‘zbekistondagi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda, bu Transparency International korrupsiyani qabul qilish indeksida ham qayd etilgan (2020-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra 180ta mamlakat orasida 146-o‘rinni egallagan). Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumatni rivojlantirish indeksida O‘zbekiston 2020-yilda 193 mamlakat orasida 87-o‘rinni egalladi.
2016-2017-yillarda O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimida keng qamrovli islohotlar boshlandi. Davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishning muhim elementlaridan biri bu o‘zaro samarali muloqotda bo‘lgan malakali, mustaqil va foydali institutlarni, professional davlat xizmati tizimini, korrupsiyaga qarshi kompleks dastur va tashabbuslarni, shuningdek faol fuqarolik jamiyatini yaratishdir.

Milliy vazifalar
16.1-vazifa. Zo‘ravonlikning barcha turlari tarqalishini qisqartirish va ushbu hodisa sababli o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish.
16.2-vazifa. Bolalar va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha turlarini tugatish.
16.3-vazifa. Qonun ustuvorligiga ko‘maklashish hamda barcha uchun odil sudlovdan foydalanish bo‘yicha teng imkoniyatlarni ta’minlash.
16.4-vazifa. 2030- yilgacha noqonuniy pul va qurol-yarog‘ oqimlarini jiddiy ravishda qisqartirish, o‘g‘irlangan aktivlarni izlab topish va qaytarish bo‘yicha ishlarni jonlantirish, uyushgan jinoyatchilikning barcha shakllariga qarshi kurash olib borish.
16.5-vazifa. Korrupsiya, ekstremizm va poraxo‘rlik ko‘lamlarini ularning barcha shakllarida jiddiy ravishda qisqartirish.
16.6-vazifa. Boshqaruvning barcha bosqichlarida davlat organlarining samaradorligi, hisobdorligi va shaffofligini oshirish.
16.7-vazifa. Boshqaruvning barcha bosqichlarida qarorlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonida fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining ishtirokini kengaytirish.
16.9-vazifa. 2030- yilgacha barcha uchun yuridik bir xillikni, shu jumladan, tug‘ilishni qayd etishni ta’minlash.
16.10-vazifa. Fuqarolarning axborotga bo‘lgan huquqini amalga oshirishlari uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot oshkoraligini kuchaytirish hamda fuqarolarning asosiy erkinliklari himoyasini ta’minlash.
16.a-vazifa. Zo‘ravonlikning oldini olish, terrorchilik, ekstremizm va jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurashish ishida milliy va xalqaro darajalarda hamkorlikni kengaytirish orqali tegishli milliy muassasalarni mustahkamlash.
Milliy ko'rsatkichlar
2000 | 2001 | 2002 | 2003 | 2004 | 2005 | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 | 2010 | 2011 | 2012 | 2013 | 2014 | 2015 | 2016 | 2017 | 2018 | 2019 | 2020 | 2021 | ||
1 | Indikator 16.6.1. Hukumatning birlamchi xarajatlarining dastlabki tasdiqlangan byudjetga foizdagi nisbati, sektorlar kesimida (byudjet tasnifi kodlari yoki shunga o‘xshash toifalar bo‘yicha). 3) | - | - | - | - | - | 98,7 | 101,7 | 109,2 | 110,0 | 98,6 | 97,5 | 98,4 | 96,8 | 98,2 | 99,5 | 95,5 | 95,8 | 105,1 | 128,3 | 111,5 | 109,5 | 99,2 |
2 | Indikator 16.7.1.1. Davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan ayrim toifadagi (ayollar, mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagi shaxslar, yoshlar) fuqarolarning ulushi: | ||||||||||||||||||||||
a) ayollar; | - | - | - | - | - | - | - | - | 60,0 | 60,4 | 60,2 | 60,0 | 60,3 | 60,1 | 60,8 | 61,0 | 60,6 | 59,8 | 59,5 | 60,2 | 60,8 | 60,6 | |
b) mehnatga layoqatli yoshdan katta shaxslar; | - | - | - | - | - | - | - | - | 2,3 | 2,4 | 2,6 | 2,3 | 2,2 | 2,2 | 2,1 | 2,3 | 2,3 | 2,3 | 2,5 | 2,9 | 3,0 | 2,9 | |
c) yoshlar (30 yoshgacha). | - | - | - | - | - | - | - | - | 33,1 | 32,1 | 31,6 | 31,7 | 31,7 | 30,9 | 30,6 | 30,0 | 29,2 | 29,1 | 29,0 | 27,9 | 27,1 | 24,5 | |
3 | Indikator 16.10.2. Fuqarolarning axborot olish kafolatlarini ta’minlovchi normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati. | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud |
4 | Indikator 16.a.1. Parij prinsiplariga muvofiq xalqaro mexanizmlarda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan inson huquqlari milliy institutlari (Global alyans, inson huquqlari milliy institutlarining Yevropa va Osiyo tarmoqlari va hokazolar) mavjudligi. | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | Mavjud | Mavjud |
10) Yalpi ichki mahsulot hajmi 2010-2020 yillar uchun qayta baholab chiqilganligi sababli ma'lumotlar qayta hisoblangan