Inson hayoti yerga bog‘liq. O‘simliklar oziq-ovqatning 80 foizini ta’minlaydi, va biz qishloq xo‘jaligiga muhim iqtisodiy resurs va rivojlanish vositasi sifatida tayanamiz. O‘rmonlar Yer yuzining 30 foizini tashkil etadi, o‘simlik va hayvonot dunyosining millionlab turlari uchun hayotiy muhim muhitni ta’minlaydi hamda toza havo va suvning muhim manbai hisoblanadi. Ular shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bugun biz yerning misli ko‘rilmagan degradatsiyaga va haydaladigan yerlar avvalgiga nisbatan 30-35 baravar tez yo‘qotilishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Har yili qurg‘oqchilik va cho‘llashish o‘sib bormoqda, natijada 12 million gektar yer yo‘qotilib, butun dunyodagi kambag‘al jamoalarning manfaatlariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Ma’lum bo‘lgan 8 300ta hayvon zotlarining 8 foizi yo‘q bo‘lib ketgan, 22 foizi esa yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida.
Ushbu maqsad 2030-yilga qadar yer usti ekotizimlarini saqlash va ulardan foydalanishni tiklashga qaratilgan. Cho‘llanishni tugatish iqlim o‘zgarishining natijalarini yumshatish uchun ham muhim ahamiyatga ega. Umumiy merosimiz tarkibiga kiradigan tabiiy yashash joylari va bioxilma-xillikni yo‘qotishni kamaytirish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi qurg‘oqchil iqlimi bo‘lgan mamlakat bo‘lib, umumiy yer maydoni qariyb 44,9 million gektarni tashkil etadi. U asosan tog‘lar va tekisliklardan iborat bo‘lib, shu jumladan ko‘proq darajada cho‘l va yarim cho‘l hududlar va kamroq darajada intensiv sug‘oriladigan vodiylarda haydaladigan yerlarni tashkil etadi. Yerdan foydalanish islohoti asosan sug‘oriladigan dehqonchilikka qaratilgan bo‘lib, barcha hududlarning qariyb 10 foizini egallaydi.
Hosilning 90 foizdan ortig‘i mamlakatning sug‘oriladigan yerlarida yetishtiriladi. O‘zbekistonning ko‘pchilik tabiiy ekotizimlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularning yuqori darajadagi mo‘rtligi iqlimning qurishi bilan bog‘liqligi hisoblanadi. Shu munosabat bilan ekotizimlarning tashqi ta’sirlarga nisbatan qarshiligi juda past va har qanday antropogen aralashuv tabiiy komplekslarning degradatsiyasiga qo‘shimcha omil bo‘lib xizmat qiladi.
Qishloq xo‘jaligi faoliyati, chorvachilik, energetika va tog‘-kon sanoatining rivojlanishi mamlakatdagi deyarli barcha tabiiy ekotizimga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tekisliklar, tog‘ etaklari, suv va yaqin atrofdagi ekotizimlar, ayniqsa asosiy daryolarning quyi oqimida, shu jumladan Orol yaqinidagi xududlar va Orol dengizida katta o‘zgarishlarga uchradi. Ekotizimlar kuchli antropogen bosim ostida bo‘lishidan tashqari, o‘zgaruvchan gidrologik va iqlim sharoitlari ham ularga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
Xozirgi kunda qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tizimiga (SPA) 8ta qo‘riqxona, 2ta tabiiy va 1ta milliy bog‘lar, 1ta biosfera rezervati, 3ta tabiiy pitomniklar, 12ta buyurtma qo‘riqxonasi, 7ta tabiyat yodgorliklari kiradi. Biologik xilma-xillikning barqaror saqlanishini ta’minlaydigan qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni mamlakat hududining 5 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.

Milliy vazifalar
15.1-vazifa. Xalqaro bitimlardan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq yer usti va ichki chuchuk suvli ekotizimlar, jumladan, o‘rmonlar, suvli-botqoqli hududlar, tog‘lar va qurg‘oqchil yerlarni saqlash, tiklash va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash.
15.2-vazifa. O‘rmonlarning barcha turlaridan oqilona foydalanish usullarini joriy etishga ko‘maklashish, o‘rmonlarning yo‘qolib ketishini to‘xtatish, yemirilgan o‘rmonlarni tiklash hamda o‘rmonzorlar va o‘rmonlarni tiklash ko‘lamini jiddiy ravishda ko‘paytirish.
15.3-vazifa. 2030- yilgacha cho‘llanishga qarshi kurashish, yemirilgan yerlar va tuproqlarni, shu jumladan, cho‘llanish, qurg‘oqchilik va suv toshqiniga uchragan yerlarni tiklash va yerlarning yemirilishining neytral balansiga erishish.
15.4-vazifa. 2030- yilgacha tog‘ ekotizimlarining, shu jumladan, ularning bioxilma-xilligi saqlanishini barqaror rivojlanish uchun zarur bo‘lgan ne’matlarni yaratish salohiyatini kuchaytirish maqsadida ta’minlash.
15.5-vazifa. Hayvonlarning tabiiy yashash muhiti yemirilishini cheklovchi jiddiy choralarni ko‘rish, yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan biologik turlarning sonini kamaytirish.
15.7-vazifa. Brakonyerlik hamda flora va faunaning qo‘riqlanadigan turlarining kontrabanda savdosini tugatish uchun shoshilinch choralar ko‘rish, jonli tabiatning noqonuniy mahsulotlariga talab, shuningdek, ularni taklif qilishga oid muammolarni hal qilish.
15.8-vazifa. Begona invaziv turlar kirib kelishining oldini olish va ularning yer usti va suv ekotizimlariga ta’sirini jiddiy qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, ustuvor turlar miqdorining qisqarishi yoki yo‘q qilinishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish.
15.9-vazifa. Iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini rivojlantirishning milliy strategiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda ekotizim va biologik xilma-xillik qiymatining hisobga olinishini ta’minlash.
15.a-vazifa. Biologik xilma-xillik va ekotizimlarni saqlash hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida moliyaviy resurslarning barcha manbalarini safarbar etish va jiddiy ravishda ko‘paytirish.
Milliy ko'rsatkichlar
2000 | 2001 | 2002 | 2003 | 2004 | 2005 | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 | 2010 | 2011 | 2012 | 2013 | 2014 | 2015 | 2016 | 2017 | 2018 | 2019 | 2020 | 2021 | ||
1 | Indikator 15.1.1. Umumiy quruqlik maydoniga o‘rmonlar maydonining foizdagi nisbati. | 7 | 7 | 7,1 | 7,2 | 7,3 | 7,4 | 7,5 | 7,6 | 7,6 | 7,6 | 7,9 | 8 | 8,1 | 8,2 | 8,3 | 8,3 | 8,4 | 8,5 | 8,6 | 8,6 | 8,7 | 8,7 |
2 | Indikator 15.2.1. O‘rmon xo‘jaligini to‘g‘ri yuritishga o‘tish jarayonidagi o‘zgarishlar: | ||||||||||||||||||||||
a) o‘rmonning haqiqiy maydonining o‘zgarishi, foizda; | 100,0 | 100,0 | 100,0 | 100,0 | 185,9 | 185,9 | 185,9 | 185,9 | 185,9 | 185,9 | 219,0 | 219,0 | 219,0 | 219,0 | 219,0 | 234,3 | 234,3 | 234,3 | 234,3 | 234,3 | 244,0 | 244,0 | |
b) o‘rmonlardagi yer usti biomassasining zaxiralari, ming m3; | - | - | - | - | - | - | 29 128,60 | 30 167,80 | 32 212,90 | 40 640,90 | 40 708,30 | 41 792,60 | 43 121,0 | 54 144,6 | 47 828,6 | 49 400,2 | 49 603,3 | 51 484,4 | 52 689,2 | 53 038,5 | 55 000,0 | 60250,0 | |
c) qonun bilan qo‘riqlanadigan joylarda joylashgan o‘rmon maydonlari ulushi, foizda; | 74,4 | 76,1 | 78,0 | 78,4 | 79,3 | 80,0 | 80,7 | 81,9 | 83,5 | 84,3 | 83,6 | 84,7 | 85,3 | 86,2 | 87,2 | 88,7 | 92,6 | 94,7 | 94,4 | 93,9 | 95,9 | 95,9 | |
d) uzoq muddatli o‘rmon xo‘jaligini boshqarish rejasi ishlab chiqilgan o‘rmon maydonlarining ulushi, foizda. | 68,9 | 69,4 | 69,9 | 69,5 | 69,6 | 68,8 | 68,6 | 68,8 | 69,5 | 69,6 | 68,1 | 70,7 | 73,5 | 77,2 | 79,9 | 83,1 | 86,4 | 88,6 | 89,8 | 90,1 | 92,1 | 98,9 | |
3 | Indikator 15.4.2. Tog‘larning o‘simliklar bilan qoplangan maydonining indeksi. | 20,0 | 20,0 | 22,0 | 23,0 | 24,0 | 24,0 | 25,0 | 25,0 | 26,0 | 27,0 | 28,0 | 29,0 | 30,0 | 33,0 | 36,0 | 36,0 | 36,0 | 36,0 | 36,0 | 36,0 | 36,0 | 36,0 |
4 | Indikator 15.5.1.2. Milliy qizil kitobga kiritilgan biologik turlar soni: | ||||||||||||||||||||||
а) hayvonlar; | 113 | 113 | 113 | 184 | 184 | 184 | 184 | 184 | 184 | 184 | 184 | 184 | 184 | 184 | 184 | 184 | 184 | 184 | 184 | 206 | 206 | 206 | |
b) o‘simliklar. | 301 | 301 | 301 | 301 | 301 | 301 | 305 | 305 | 305 | 324 | 324 | 324 | 324 | 324 | 324 | 324 | 324 | 324 | 324 | 314 | 314 | 314 | |
5 | Indikator 15.7.1. Savdo qilinadigan turlar orasida brakonerlik yoki noqonuniy savdo ob’ekti bo‘lgan yovvoyi hayvonlarning ulushi. | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | 1,2 | 2,0 | 0,33 | 0,92 | 2,18 | 3,1 | 2 |
6 | Indikator 15.8.1. Xorijiy begona turlarning kirib kelishiga to‘sqinlik qiluvchi yoki ularning sonini tartibga soluvchi milliy qonunchilikning mavjudligi va zarur resurslarni ajratilishi. | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud |
7 | Indikator 15.9.1.1. Biologik xilma-xillik va ekotizimlarning ahamiyati va saqlanishini hisobga oladigan milliy, tarmoq, sektoral va mintaqaviy strategiyalar va dasturlarning soni. | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 4 | 3 | 3 | 3 | 2 | 3 | 3 | 4 | 3 | 3 | 1 | 5 | 7 | 7 |