Hukumat, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati o'rtasidagi printsiplar va qadriyatlar, umumiy qarashlar va insoniyat va sayyoramiz manfaatlariga qaratilgan umumiy maqsadlarga asoslangan global, mintaqaviy va mahalliy darajadagi qamrab oluvchi sherikliksiz barqaror rivojlanish dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin emas.

Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro'yobga chiqarish uchun xususiy kompaniyalarga tegishli trillionlab dollarlarni jalb qilish, qayta yo'naltirish va ozod qilish bo'yicha shoshilinch choralar ko'rish kerak. Uzoq muddatli investitsiyalar, shu jumladan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar muhim sohalarda, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda zarur. Bularga barqaror energiya, infratuzilma va transport, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kiradi. Davlat sektoriga aniq yo'nalish berilishi kerak. Investitsiyalarni jalb qilish va barqaror rivojlanishni kuchaytirish uchun bunday investitsiyalarni amalga oshirishga yordam beradigan tekshirish va nazorat qilish mexanizmlari, huquqiy normalar va rag'batlantirish tizimlarini modernizatsiya qilish zarur. Yuqori audit institutlari va qonunchilik nazorati kabi milliy nazorat mexanizmlarini kuchaytirish zarur.

O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda. BMT agentliklari 1993-yildan buyon mamlakatni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda hukumatga yordam berib kelmoqda. 1992-yildan beri BMT tizimi ko‘rsatgan moliyaviy yordamining umumiy hajmi qariyb 471 million AQSh dollarini tashkil etdi. Ushbu moliyaviy ko‘mak boshqa mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini O‘zbekistonni rivojlantirishga yo‘naltirishda namoyon bo‘ldi.

Barqaror rivojlanish maqsadlari respublika uchun alohida ahamiyatga ega, chunki Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixida birinchi marta keng qamrovli global maslahatlashuv jarayonida 2030-yilgacha rivojlanishning yagona ko‘rinishi ishlab chiqilgan. Ushbu dastur Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan 193-davlat tomonidan ma’qullangan va, shuningdek, 2030-yilgacha dunyoning umumiy tasavvurini ifodalaydi. BRMning g‘oyasi shundan iboratki, iqtisodiy taraqqiyot ijtimoiy himoyani takomillashtirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarni rivojlanish jarayoniga jalb qilish bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerak.

Umuman olganda, O‘zbekistonda ko‘llanilayotgan islohotlarning izchil amalga oshirilishi, 2030-yilgacha barqaror rivojlanish dasturida belgilangan maqsadlarga muvaffaqiyatli erishishga, shuningdek, aholi farovonligini oshirishga va mamlakatdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga xizmat qilishi kerak.

Milliy vazifalar

17.1-vazifa. Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning talab qilinadigan darajasini ta’minlash uchun ichki va tashqi manbalar resurslarining safarbar etilishini kuchaytirish.

17.3-vazifa. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish uchun tashqi manbalardan qo‘shimcha moliyaviy resurslarni safarbar etish.

17.4-vazifa. Davlat qarzdorligi darajasini mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy holati barqarorligini ta’minlaydigan darajada ushlab turish.

17.6-vazifa. Fan, texnika va innovatsiyalar sohalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tuzilmalar islohotlarini kuchaytirish yo‘lida o‘zaro bilim almashinuvini rag‘batlantirish.

17.8-vazifa. 2030- yilgacha texnologiyalar banki va fan, texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish mexanizmining to‘liq ko‘lamda amal qilishini ta’minlash hamda yuqori samarali texnologiyalar, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish.

17.13-vazifa. Global makroiqtisodiy barqarorlikni, jumladan, siyosatni muvofiqlashtirish va siyosatning izchilligini ta’minlash orqali, kuchaytirish.

17.14-vazifa. Qabul qilinayotgan qarorlar, ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan strategiyalar hamda dasturlarga barqaror rivojlanish tamoyillarini integratsiya qilishning uzoq muddatli mexanizmlarini shakllantirish.

17.17-vazifa. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda davlat bilan xususiy sektor, fuqarolik jamiyati tashkilotlari o‘rtasidagi samarali sheriklikni rag‘batlantirish.

17.18-vazifa. 2025- yilgacha daromadlar darajasi, jinsi, yoshi, irqi, millati, fuqaroligi, ijtimoiy maqomi, geografik joylashuvi va milliy sharoitlarni hisobga olgan holda, ahamiyatli bo‘lgan boshqa xususiyatlar bo‘yicha taqsimlangan yuqori sifatli, dolzarb va ishonchli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini jiddiy ravishda ko‘paytirish.

17.19-vazifa. Hozirgi tashabbuslarga asoslangan holda, 2030- yilgacha yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichiga qo‘shimcha tarzda barqaror rivojlanish sohasida taraqqiyotni o‘lchash bo‘yicha boshqa o‘lchov ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, statistika sohasidagi salohiyatni oshirish.

Milliy ko'rsatkichlar

    2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
1 Indikator 17.1.1. Davlat daromadlarining umumiy hajmini YAIMga foizdagi nisbati, manbalar bo‘yicha. 3) 27,9 25,7 25,0 23,8 22,4 21,6 20,7 18,0 15,2 14,0 17,2 16,5 16,7 17,1 17,0 16,5 16,1 15,6 18,6 21,2 22,1 22,4
2 Indikator 17.1.2. Ichki soliqlar hisobidan moliyalashtiriladigan milliy byudjetning ulushi. 3) - - - - - - - 82,0 82,7 77,7 79,0 79,8 77,8 75,5 73,7 75,4 76,6 76,0 68,5 74,3 77,9 67,2
3 Indikator 17.3.2. Pul o‘tkazmalari hajmini (AQSh dollarida) YAIMga foizdagi nisbati. - - - - - - - - - - - - - - - - 6,9 11,8 14,9 14,7 12,2 13,9
4 Indikator 17.4.1. Tovarlar va xizmatlar eksportidan tushadigan tushumlar hisobidan tashqi qarzga xizmat ko‘rsatishga sarflanadigan mablag‘ ulushi. - - - - - - - - - - - - - 2,1 2,5 3,1 3,6 3,7 4,0 4,2 7,0 8,1
5 Indikator 17.6.1. Keng polosali Internetning statsionar abonentlari soni, tezlik bo‘yicha: - - - - - - - - - 0,5 0,7 0,8 0,9 0,9 1,2 1,5 1,6 1,5 1,9 2,2 3,2 4,2
  a) 256 kbit/sek. dan 2 Mbit/sek. gacha; - - - - - - - - - - - - - - - - - - - 0,1 0,1 0,0
  b) 2 Mbit/sek. dan 10 Mbit/sek. gacha; - - - - - - - - - - - - - - - - - - - 1,8 2,4 1,7
  c) 10 Mbit/sek. dan 30 Mbit/sek. gacha; - - - - - - - - - - - - - - - - - - - 0,2 0,6 2,1
  d) 30 Mbit/sek. dan 100 Mbit/sek. gacha; - - - - - - - - - - - - - - - - - - - 0,0 0,1 0,3
  e) 100 Mbit/sek. dan yuqori. - - - - - - - - - - - - - - - - - - - 0,0 0,0 0,1
6 Indikator 17.8.1. Internetdan foydalanuvchi aholining ulushi. - - - - - - - - - - - - - - - - - 48,7 55,2 70,4 71,1 76,6
7 Indikator 17.13.1. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning yagona to‘plami: 5)                                            
  a) YаIM hajmi, mlrd so‘mda; 3 255,6 4 925,3 7 450,2 9 844,0 12 261,0 15 923,4 21 124,9 28 190,0 38 969,8 49 375,6 78 936,6 103 232,6 127 590,2 153 311,3 186 829,5 221 350,9 255 421,9 317 476,4 426 641,0 532 712,5 605 514,9 738 425,2
  b) YаIMning o‘sish sur’ati, o‘tgan yilga nisbatan foizda; 3,8 4,2 4,0 4,2 7,4 7,0 7,5 9,5 9,0 8,1 7,1 7,5 7,1 7,3 6,9 7,2 5,9 4,4 5,5 6,0 2,0 7,4
  c) aholi jon boshiga YаIM, ming so‘m; 132,1 197,3 294,8 385,0 474,0 608,5 797,5 1 049,2 1 427,3 1 778,2 2 763,7 3 518,6 4 285,2 5 069,3 6 074,2 7 072,2 8 020,1 9 802,1 12 945,7 15 863,8 17 688,5 21 149,2
  d) o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha:                                            
  jami, mlrd AQSh dollarida; 16) 65,6 69,8 73,8 78,3 86,4 95,3 105,5 118,6 131,8 143,5 156,2 171,5 180,5 190,6 199,8 209,1 216,5 221,6 239,0 257,2 265,2 296,7
  aholi jon boshiga, AQSh dollarida. 2 662 2 798 2 919 3 063 3 341 3 642 3 983 4 414 4 828 5 169 5 469 5 845 6 062 6 303 6 495 6 680 6 797 6 841 7 252 7 658 7 746 8 497
8 Indikator 17.17.1. Infratuzilma sohasida davlat-xususiy sheriklikka ajratilgan mablag‘lar, mln AQSh dollarida. - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - 18,5
9 Indikator 17.18.1. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni kuzatib borish uchun statistika salohiyati ko‘rsatkichi (statistika salohiyati indeksi) indeks/dunyo mamlakatlari reytingidagi o‘rni. - - - - - - - - - - - - - - - - - 51,1/124 54,4/101 64,4/84 67,8/61  
10 Indikator 17.18.2. Rasmiy statistikaning asosiy tamoyillariga muvofiq keladigan milliy statistika qonunchiligining mavjudligi. Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud
11 Indikator 17.18.3. To‘liq moliyalashtiriladigan va amalga oshiriladigan milliy statistik rejaning mavjudligi, moliyalashtirish manbalari bo‘yicha. Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud

1) alohida yillar bo'yicha ma'lumotlar qayta hisoblangan

8) yakka tartibdagi loyihalar bo'yicha maxsus qarz bitimlari mablag'lari bundan mustasno

9) Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra

10) Yalpi ichki mahsulot hajmi 2010-2020 yillar uchun qayta baholab chiqilganligi sababli ma'lumotlar qayta hisoblangan

Yuklab olish (XLS, 90 КВ)