COVID-19 pandemiyasi boshlanishidan oldin 2020-yilda jahon iqtisodiyotining o‘rtacha o‘sish sur’ati sekinlashganligi kuzatilgan. Pandemiya ishlab chiqarishning pasayishi, iqtisodiy o'sishning sekinlashishini keltirib chiqardi hamda aholining ish vaqti va daromadlariga katta ta’sir ko‘rsatdi.2020-yilda butun dunyoda ish vaqti davomiyligining qisqarishi 2019-yilning to‘rtinchi choragiga nisbatan 8,8 foizni tashkil etdi, bu 255 million to‘liq band bo‘lgan ish joylarining yo‘qotilishiga olib keldi va 2009-yildagi jahon moliyaviy inqirozi paytida yo‘qotilgan ish soatlaridan to‘rt baravar ko‘pligi kuzatildi. Ayniqsa, mehnat bozoridagi inqiroz ishlaydigan yoshlarga va ayollarga ta’sir ko‘rsatdi. Jahon iqtisodiyoti asta-sekin tiklanmoqda, ammo iqtisodiy faollik uzoq vaqt davomida pandemiyadan oldingi darajadan pastda bo‘lishi mumkin.

Pandemiyadan oldin norasmiy bandlik global bandlikning 60,2 foizni tashkil etgan. Bu 2 milliard aholi norasmiy sektorda band bo‘lib, bazaviy va ijtimoiy himoyaga ega bo‘lmagan. Norasmiy sektordagi ishchilarning to‘rtdan uchi, ya’ni 1,6 milliard aholi pandemiya tufayli izolyatsiya rejimida jiddiy zarar ko‘rgan, yoki eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalarda ishlagan.

2030-yilga qadar ushbu maqsadga erishish nafaqat mehnatga layoqatli aholini munosib daromad olib keladigan munosib mehnat bilan ta’minlash, balki ish joyida xavfsizlik, oilalarni ijtimoiy himoya qilish, shaxsiy rivojlanish va jamiyatga integratsiyalashish kafolati hisoblanadi.

2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi ushbu konsepsiyaning xalqaro miqyosda qabul qilingan ta’riflari va xususiyatlariga muvofiq barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonni iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha maqsadlarda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish asosida yalpi ichki mahsulotning 2030-yilga qadar kamida 2 baravar ko‘payishi ko‘zda tutilmoqda.

Mamlakatning farovonligini oshirish ko‘p jihatdan mamlakatning barqaror bandlikni o‘sishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qodirligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekistonda 2020-yilda iqtisodiy faol aholi soni 14,797 million kishini tashkil etdi (umumiy aholining 43,2 foizi). Iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni 2020-yilda 13,236 million kishini tashkil qildi va 2019-yilga nisbatan 2,3 foizga kamaydi. 2020-yil oxirida ishsizlikning umumiy darajasi 10,5 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, aholining past iqtisodiy faolligi, norasmiy bandlikning keng tarqalishi, aholining zaif qatlamlari orasida yuqori darajadagi ishsizlik va ishchi kuchining past malakasi masalasi hal qilinmayapti. Shunday qilib, yoshlardagi ishsizlik darajasi (16 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan ishsiz yoshlar shu yoshdagi iqtisodiy faol aholiga nisbatan ulushi) 24,1 foizni tashkil etdi. Mehnatga layoqatli yoshdagi ayollarning iqtisodiy faollik darajasi 66,6 foizni, erkaklar orasida esa 80,5 foizni tashkil qildi.

2030-yilga kelib O‘zbekistonning o‘rtacha darajadan yuqori daromadga ega davlatlar qatoriga kirishining muhim tarkibiy qismi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli ish o‘rinlarini yaratishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun hukumat yangi ishlab chiqarishlarni yaratishga, mavjudlarini texnik modernizatsiyalashga, infratuzilmani rivojlantirishga va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan tashqi va ichki investitsiyalarning potensialini kengaytirish orqali faol investitsiya siyosatiga asoslangan tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirishga qaratilgan siyosatni amalga oshirmoqda.

Milliy vazifalar

8.1-vazifa. 2030- yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmining aholi jon boshiga nisbatan hisoblaganda 2,6 baravarga o‘sishini ta’minlash.

8.2-vazifa. Diversifikatsiya, texnik modernizatsiyalash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish vositasida iqtisodiyotda samaradorlikning o‘sishiga erishish, bunda yuqori qo‘shilgan qiymat va mehnat talab sektorlarga alohida e’tibor qaratish.

8.3-vazifa. Mehnat bozorida faol chora-tadbirlarni amalga oshirish, xususiy mulkni muhofaza qilish, kichik va yirik biznesni hamda xususiy, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va tezkor rivojlantirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish orqali aholini, ayniqsa, yoshlar, nogironlarni munosib ish bilan ta’minlash va samarali bandlikni kengaytirishga yo‘naltirilgan qulay shart-sharoit yaratish.

8.4-vazifa. 2030- yilning oxirigacha bo‘lgan butun muddat davomida iste’mol qilish va ishlab chiqarish tizimlarida resurslardan foydalanishning global samaradorligini asta-sekin oshirib borish hamda Iste’mol va ishlab chiqarishning oqilona modellaridan foydalanishga o‘tish bo‘yicha o‘n yillik harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilganidek, iqtisodiy o‘sish atrof-muhit holatining yomonlashuvi bilan birga kechmasligiga intilish.

8.5-vazifa. 2030- yilgacha barcha xotin-qizlar va erkaklarni, shu jumladan, yoshlar va nogironlarni barqaror va samarali bandligini hamda munosib ish bilan, jumladan, band aholi sonini 1,4 baravarga, mehnat unumdorligini 3,1 baravarga oshirish hisobidan, shuningdek, teng qiymatli mehnat uchun teng ish haqi to‘lanishini ta’minlash.

8.6-vazifa. 2030- yilgacha ishlamayotgan, o‘qimayotgan va kasbiy malakalarni egallamayotgan yoshlarning ulushini ikki baravarga qisqartirish.

8.7-vazifa. Bolalar mehnati hamda majburiy mehnatning eng yomon shakllariga yo‘l qo‘ymaslikni nazorat va monitoring qilishni kuchaytirish.

8.8-vazifa. Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va ular uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash.

8.9-vazifa. 2030- yilgacha yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mahalliy mahsulotga bo‘lgan talabni kuchaytirishga ko‘maklashuvchi turizmning barqaror rivojlanishini ta’minlash.

8.10-vazifa. Aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan moliya muassasalarining bazaviy xizmatlari, xususan bank, sug‘urta va to‘lov xizmatlaridan keng miqyosda foydalanish, shu jumladan, masofaviy foydalanishni rag‘batlantirish va kengaytirish.

8.b-vazifa. 2030- yilgacha yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha global strategiyani ishlab chiqish va amalga kiritish hamda Xalqaro mehnat tashkilotining ish o‘rinlari haqidagi Global paktini (2009- yil 19- iyulda Xalqaro mehnat konferensiyasida qabul qilingan) amalga oshirish.

Milliy ko'rsatkichlar

    2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
1 Indikator 8.1.1. Aholi jon boshiga real YAIMning yillik o‘sish sur’ati. 5) 2,4 2,9 2,7 3,0 6,2 5,7 6,1 7,9 7,3 6,2 4,1 4,7 5,5 5,6 5,1 5,4 4,1 2,7 3,7 4,0 0,1 5,3
2 Indikator 8.2.1. Har bir band bo‘lganlarga nisbatan real YAIMning yillik o‘sish sur’ati. 5) 2,7 2,4 1,8 1,4 4,0 4,0 4,7 6,7 6,1 5,3 4,3 4,9 4,4 4,7 4,4 5,2 4,0 2,7 7,5 3,9 4,3 5,0
3 Indikator 8.3.1. Norasmiy bandlikning umumiy bandlikdagi ulushi (tarmoqlar va jinsi bo‘yicha): 12)                                            
  a) jami; - - - - - - - - - - - - - - - - - - 40,5 39,6 42,8 43,8
  b) erkaklar; - - - - - - - - - - - - - - - - - - 37,8 32,0 37,4 38,7
  c) ayollar; - - - - - - - - - - - - - - - - - - 47,5 50,4 50,4 51,0
  d) qishloq xo‘jaligida; - - - - - - - - - - - - - - - - - - 66,5 70,3 72,9 77,8
  e) qishloq xo‘jaligidan tashqari tarmoqlarda. - - - - - - - - - - - - - - - - - - 30,0 29,4 40,7 40,4
4 Indikator 8.5.1. Erkaklar va ayollar o‘rtacha oylik ish haqi o‘rtasidagi farqning erkaklar o‘rtacha oylik ish haqidagi foizli ulushi. 9) - - - - - - - - - - - - 37,8 37,8 36,7 36,0 34,5 34,6 38,6 36,2 37,5 36,6
5 Indikator 8.5.2. Ishsizlik darajasi, jinsi va yoshi bo‘yicha: 11)                                            
  a) jami; 0,4 0,4 0,4 0,3 0,4 0,3 0,2 5,0 4,9 5,0 5,4 5,0 4,9 4,9 5,1 5,2 5,2 5,8 9,3 9,0 10,5 9,6
  b) erkaklar; 0,3 0,3 0,3 0,3 0,3 0,2 0,2 4,2 4,2 4,3 4,6 5,1 5,0 5,0 5,2 5,3 5,3 6,0 7,7 6,0 7,9 6,9
  c) ayollar; 0,6 0,5 0,5 0,4 0,4 0,3 0,3 5,9 5,7 5,9 6,3 4,8 4,7 4,7 4,9 5,0 5,0 5,6 11,6 12,8 14,1 13,3
  d) 16-30 yosh; - - - - - - - - - - - - - - - - - - 15,1 15,0 16,4 15,1
  e) 30 yoshdan kattalar. - - - - - - - - - - - - - - - - - - 6,8 6,1 7,6 6,7
6 Indikator 8.6.1. O‘qimayotgan va ishlamayotgan yoshlar (16 yoshdan 24 yoshgacha) ulushi. 5) - 51,6 47,4 45,3 46,7 42,6 34,3 25,4 17,2 19,2 19,3 19,7 18,1 17,6 21,0 21,4 21,2 22,6 23,8 25,9 30,5 29,3
7 Indikator 8.8.1. Ishlab chiqarishda o‘limga olib keladigan va o‘limga olib kelmaydigan shikastlanish, jins va migratsiya holati bo‘yicha: 12)                                            
  a) jami; 0,1 0,3 0,3 0,2 0,2 0,2 0,2 0,7 0,8 0,6 0,9 0,5 0,5 0,5 0,6 0,5 0,5 0,4 0,4 0,5 0,4 0,2
  b) erkaklar; 0,1 0,4 0,5 0,3 0,4 0,4 0,3 0,8 0,9 0,8 1,0 0,6 0,6 0,6 0,7 0,6 0,5 0,5 0,5 0,6 0,5 0,2
  c) ayollar. 0,02 0,07 0,01 0,06 0,07 0,07 0,06 0,4 0,3 0,2 0,6 0,2 0,2 0,2 0,2 0,2 0,2 0,2 0,1 0,1 0,2 0,1
8 Indikator 8.8.2.1. XMT konvensiyalariga muvofiq kollektiv shartnomalar tuzgan korxonalar ulushi. 53,5 50,7 59,5 70,0 75,3 83,1 84,7 87,5 87,6 87,9 90,1 94,5 95,8 96,3 98,1 99,3 95,2 98,5 98,9 99,1 99,6 99,7
9 Indikator 8.9.1. YAIMdagi turizmning foizdagi bevosita ulushi. 5) - - - - - - - - - - - - - - 2,2 2,1 2,0 2,2 2,4 2,5 0,4 0,6
10 Indikator 8.10.1. a) 100 000 nafar katta yoshdagi aholi soniga nisbatan tijorat banklari filiallari soni; - - - - - - - - - - - - - - - - 27,0 38,0 36,0 40,0 42,0 48,0
   b) 100 000 nafar katta yoshdagi aholi soniga nisbatan bankomatlar soni. - - - - - - - - - - - - - - - - 22,0 24,0 29,0 38,0 48,0 52,0
11 Indikator 8.10.2. Bank yoki boshqa moliya muassasasida hisob raqamiga ega bo‘lgan yoki mobil moliyaviy xizmatlar operatorlarining xizmatlaridan foydalanadigan katta yoshdagi aholi (15 va undan katta yoshdagi aholi) ulushi.  - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - 63

1) alohida yillar bo'yicha ma'lumotlar qayta hisoblangan

3) kichik korxona va mikrofirmalarsiz

5) 2000-2006- yillar, rasmiy ravishda e'tirof etilgan ishsizlik darajasi

6) kichik korxona va mikrofirmalarsiz (sanoat, qurilish, transport va aloqa tarmoqlarida), 2016-yildan sanoat, qurilish, aloqa, tashish va saqlashning iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha

Yuklab olish (XLS, 90 КВ)