2023-yil 8-noyabrda O'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Osiyo va tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO) bilan birgalikda noqonuniy moliyaviy oqimlarni baholash va o'lchash bo'yicha manfaatdor vazirlik va idoralar ishtirokida ishchi uchrashuv tashkil etildi.

2023-2026 yillarda ESKATO NMO ni baholash, BRMning 16.4.1 indikatorini ishlab chiqish bo'yicha loyihani amalga oshiradi. Yuqoridagi loyihaning maqsadi vazirlik va idoralarning statistika salohiyatini mustahkamlashdan iborat.

Uchrashuvning asosiy maqsadi ushbu loyiha doirasida yuzaga keladigan masalalarni aniqlashtirishdir. Ishchi uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi, O'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi va O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo'mitasining mas'ul xodimlari ishtirok etdi. Ishchi uchrashuv ESKATO eksperti Anastasiya Maga ishtirokida o'tkazildi.

Ushbu uchrashuv mutaxassislarning salohiyatini mustahkamlash, ilg'or xorijiy tajribani o'rganish va qo'llash hamda barqaror rivojlanish sohasidagi 16.4 milliy maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.