Bugun, 2024 yil 24 aprel kuni barqaror rivojlanish markazi Xorazm viloyati bo'lamasi tomonidan "asosiy maqsadimiz – O'zbekistonni barqaror rivojlantirish. "O'zbekiston – 2030" strategiyasining ustuvor yo'nalishlari" mavzusida hokimliklarining tarkibiy bo'linmalari davlat fuqorolik xizmatchilari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi. Bo'linma rahbari professor Baxtiyor Ruzmetov ma'ruzasida mamlakatimizda milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish jarayonlari, erishilgan yutuqlar, ularni amalyotga joriy etishda hududlarni o'ziga hos jihatlari xususida atroflicha to'xtalib o'tdi.

Shuningdek, xalqimizning erkin va farovon, qudratli yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha xohish-irodasini ro'yobga chiqarish, har bir fuqaroga o'z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog'lom, bilimli va ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo'g'iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta'minlash yo'lida qabul qilingan "O'zbekiston — 2030" strategiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining "barqaror rivojlanish maqsadlari"ga to'la hamoxangligi alohida e'tirof etildi. Davra suhbati savol javoblarga boy tarzda o'tdi.