Bugun, 30-noyabr kuni Toshkent shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik boʻyicha ikkinchi global forum oʻz ishini boshladi.

Unda jahonning parlamentlararo tashkilotlari va koʻplab davlatlar parlamentlari rahbarlari, parlamentlar doʻstlik guruhlari, xalqaro tashkilotlar, yetuk ekspertlar va mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlari, OAV vakillari toʻgʻridan-toʻgʻri hamda onlayn tarzda ishtirok etmoqda.

Anjumanda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda qonunchilikni takomillashtirish, parlament nazorati mexanizmlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Mazkur Forumni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining YouTube platformasidagi sahifasi orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin.