“Maqsad” loyihasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan ham mutaxassis taklif qildik.
Barcha joylarda aholining kam ta’minlanganlik darajasini pasaytirishdan maqsad dunyodagi zaif va kambag‘al odamlarning hayotini yaxshilash.
Ushbu maqsad shuni ko‘rsatadiki, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida odamlar qashshoqlikda yashaydi, toza suv, oziq-ovqat, uy-joy, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa asosiy xizmatlardan foydalana olmayapti.
Loyihamizning navbatdagi sonida mazkur mavzudagi masalalarni muhokama qilish uchun Statistika agentligining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jahongir Qambarovni suhbatga tortdik.
Kambag‘allikni qisqartirish maqsadi yaxlit barqaror rivojlanishning ajralmas qismi, unga erishish fuqarolar uchun yanada adolatli va barqaror dunyoni yaratishga yordam beradi.
Mutaxassis O‘zbekistonda milliy modelni amalga oshirish orqali qashshoqlikni kamaytirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotganini qayd etdi.