Joriy yilning 16-noyabr kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Anvar Tuychiyev Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manish Prabxat bilan uchrashdi.

Muloqot davomida tomonlar shu yilning 30-noyabr kuni Tokentda bo‘lib o‘tadigan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha II global forumda Hindiston delegatsiyasining ishtiroki yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida parlamentlararo aloqalar mustahkamlanib borilayotganligi, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlar hamkorligini yana-da kuchaytirish zarurligi, milliy maqsad va vazifalarga erishishdan Hindiston parlamenti ham manfaatdor ekanligi alohida taʼkidlab o‘tildi.

Muloqot jarayonida o‘zaro qiziqish uyg‘otgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yaqin muloqotni va hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ilk marotaba Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi hamda shu kunlarda 16 ta milliy maqsadlar muhokamasiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar o‘tkazilmoqda. Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha II global forum bilan yakunlanadi.