2023- yilning 3–5-iyul kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlarining 16-maqsadi, 16.4.1 indikatori “Kiruvchi va chiquvchi noqonuniy moliyaviy oqimlarning umumiy hajmi”, soliq va tijorat bo‘yicha noqonuniy moliyaviy oqimlarni oʻlchash” mavzusida oʻquv seminari o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiz, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonning BRM 16-maqsadi, 16.4.1 indikatorini shakllantirishga aloqador vazirlik va idoralarning mas’ul vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qambarov Jahongir Hoshimjonovich ham qatnashayapti.
Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, BRM 16-maqsadi, 16.4.1 indikatorini shakllantirish va monitoringi uchun sifatli statistik ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni yig‘ish bo‘yicha xalqaro miqyosda tasdiqlangan usullarni o‘rganishdan iborat.