Boku shahrida tashkil etilgan III Xalqaro statistika forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida bolalar to‘gʼrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi va yangilanish darajasi bo‘yicha mintaqada yetakchi davlat sifatida e’tirof etildi.

UNICEFning so‘nggi tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020-yildan keyingi davrda bolalarga oid BRM ko‘rsatkichlarining 77 foizi kamida bitta yangilangan maʼlumotga ega. Bu ko‘rsatkich MDHdagi o‘rtacha 55 foiz va Yevropa–Markaziy Osiyo mintaqasidagi 53 foiz ko‘rsatkichlardan ancha yuqori. Bu mamlakatimizda bolalarga oid ijtimoiy dasturlarni statistik taʼminlashda shaffoflik va ochiqlik yuqori darajada ekanini ko‘rsatadi.

sdgs-uzbek--kopiya_p29200

Mazkur daraja O‘zbekistonning statistika tizimi faol ishlayotgani, davriy kuzatuvlar va maʼlumotlarni yigʼish ijtimoiy siyosat, bolalikni muhofaza qilish va BRM bajarilishini monitoring qilish uchun ayniqsa muhim bo‘lgan keng ko‘lamli yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotganini ko‘rsatadi. Bunday pozitsiya O‘zbekistonni mintaqadagi yetakchi mamlakatga aylantiradi, bu esa xalqaro tashkilotlar va fuqarolarning milliy statistikaga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

p

III Xalqaro statistika forumida Milliy statistika qo‘mitasi vakillari maʼlumotlarni tezkor yigʼish uchun raqamli platformalarni joriy etishdan tortib, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi statistika bo‘limi va BMTning boshqa organlari bilan hamkorlik qilishgacha bo‘lgan monitoring tizimlarini yanada rivojlantirish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.