O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasini tuzish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning tatbiq etilishini tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi uchun fuqarolar va davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa tashkilotlari o‘rtasida aloqani ta’minlash, shu bilan birga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarishda Parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati institutlarining amaliy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, bu masalada muntazam ravishda parlament va jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish, shuningdek har bir insonning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qaror qiladilar:
O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tuzilsin.
O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha parlament komissiyasi reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.